Murat Solihov
Murat Solihov (qirgʻizcha: Мурат Салыков; 1905-yil — 1938-yil 5-noyabr) Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi.
Biografiyasi
Murat Solihov 1905-yilda Oʻsh tumani Ravot qishlogʻida (hozirgi Andijon viloyati Marhamat tumani) kambagʻal dehqon oilasida tavallud topgan. 1916-1918-yillarda Sulukta viloyatida choʻponlik qilgan. 1919-yilda butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qoʻshiladi. 1919-1922-yillarda Qo‘qon pedagogika texnikumida tahsil olgan, lekin u yerdagi oʻqishini tamomlamagan. Keyinchalik Qirgʻiziston pedagogika texnikumini tugatgan, yana boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1921-1925-yillarda Toshkentdagi pedagogika institutida taʼlim olgan.
1925-1927-yillarda Oʻsh tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 1927-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi, Oʻsh KKP kanton qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri, okrug ijroiya qoʻmitasi prezidiumi va raykom byurosi aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik,1931-yilda Oʻzgʻon tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, keyinroq oʻsha yili Oʻsh tumani ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ham ishlagan. 1931-1933, 1934-yillarda Toshkent marksizm-leninizm institutida 2 kursni tamomlagan.
Bir muddat O‘sh tumani Kengashi ijroiya qo‘mitasining raisi, Bolsheviklar Kommunistik partiyasi (Qirg‘iziston ASSR) okrug qo‘mitasining 1-kotibi va Qirg‘iziston ASSR Maorif xalq komissari o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan, ammo ushbu lavozimlarda xizmat koʻrsatish darajasi aniq belgilanmagan.
Murat Solihov 1938-yilda hibsga olingan. 1938-yil 12-sentyabrdagi qatl roʻyxatida „birinchi toifadagi“ qatl qilinadigan mahbuslar roʻyxatida boʻlgan. Murat Solihov Qirgʻiziston SSRning Tosh-Tepa (Chuy viloyati) qishlogʻi yaqinida otib tashlangan.
Oilasi
Manbalar
uz.wikipedia.org