Murat Kalikulov
Murat Kalikulov (1978-yil 19-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek dzyudochisi, 66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati va Jahon Universiadasi sovrindori.
Sport faoliyati
Murat Kalikulov 1999-yildan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlaydi. U Moskvada boʻlib oʻtgan (Rossiya) jahon chempionatida 1/8 finalda rossiyalik dzyudochi Viktor Krestyaninovga imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Murat Kalikulov 2001-yilda Myunxenda (Germaniya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida 66 kilogrammgacha vazn toifasida boʻlgan bellashuvda yana magʻlubiyat sari yuz tutadi. Minsk shahrida (Belarus) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon kubogida vazni 66 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida finalda ukrainalik Mussa Nastuyevga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 66 kg vazn toifasida finalda rossiyalik dzyudochi Magomed Jafarovga imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medaliga sazovor boʻladi.
2004-yilda Olma-Otada (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 66 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Afinada (Gresiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida birinchi davrada serbiyalik dzyudochi Milosh Miyalkovichga iagʻlub boʻladi. Portu Sant Elpidio (Italiya) shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda vazni 66 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar bahsida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Chirchiq shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida oʻz vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi. Murat Kalikulov 2004-yilda u sport faoliyatiga nuqta qoʻyishga qaror qilldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org