Murat Hamroyev




Murat Hamroyev (turkmancha: Myrat Hamraýew; 1983-yil 14-may, Ashxobod, Turkman SSR, SSSR) — turkman futbolchisi, Energetik klubi va Turkmaniston terma jamoasi himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Murat Hamroyev professional faoliyatini 2004-yilda „Nisa“ jamoasi tarkibida boshlagan va 2005-yilning oʻrtalariga qadar u yerda toʻp surgan. Oʻsha yili u „Asudalik“ klubiga oʻtdi, lekin tez orada 2005-yil mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi. Namanganliklar safida bir yarim mavsum davomida toʻp surdi. 2007-yilda Oʻzbekistonga yana bir boshqa jamoasi Samarqandning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzoladi.

2009-yil boshida u Oliy liganing boshqa klubi „Olmaliq“ga oʻtdi. „Olmaliq“ jamoasi tarkibida Hamroyev deyarli toʻp surishga ulgurmay Ozarbayjonning „Karvan“ klubiga oʻtdi. „Karvan“ tarkibida Murat Hamroyev 2010-yilning oʻrtalariga qadar oʻn ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Oʻsha yilning avgust oyida Olmaliqga qaytib, Oʻzbekistonda bir yarim mavsum oʻynadi. Bu vaqt ichida u oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushishga muvaffaq boʻldi va bitta gol urdi. 2012-yilgi mavsum boshida Hamroyev Turkmaniston Yokari ligasiga qaytib, „Bolqon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2015-yilda u musoboqaning boshqa bir jamoasi „Ahal“ klubi tarkibiga koʻchib oʻtdi.

Terma jamoa



Xamraev 2004-yildan buyon Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda va shu vaqt ichida milliy terma jamoada 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz