Muqobil investitsiyalar
Muqobil investitsiyalar — uzoq muddatda foyda olish maqsadida klassik boʻlmagan aktivlarga kiritilgan investitsiyalar. Ushbu atama erkin boʻlib, vino, sanʼat, antiqa buyumlar, tangalar, markalar qadimiy avtomobillar kabi turli investitsiyalarni, shuningdek, koʻchmas mulk, muammoli qimmatli qogʻozlar, venchur kapitali, film ishlab chiqarish, shuningdek kriptovalyutalar kabi moliyaviy aktivlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Muqobil investitsiyalar anʼanaviy investitsiyalarga qarama-qarshi tushuncha sanaladi.
Xususiyatlari
Muqobil investitsiyalar baʼzi hollarda moliyaviy xavfni kamaytirish uchun investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish maqsadida ham ishlatiladi.
Ushbu turdagi investitsiyalarning baʼzi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Likvid muqobil investitsiyalar
Likvid muqobil investitsiyalar — bu kundalik likvidlikni taʼminlovchi muqobil investitsiyalardir. Likvid muqobil investitsiyalar YaIM oʻsishidan qatʼiy nazar daromad keltirishi, tizimli bozor xavfidan himoyalangan va yangi tizimli xavfni yaratish uchun juda kichik boʻlishi kerak. Xedj-fondlarni likvid muqobil investitsiyalar sifatida tasniflash mumkin. Garchi anʼanaviy xedj-fondlarda likvidlik boʻyicha cheklovlari uchrashi mumkin boʻlsa-da, „likvid muqobil investitsiyalar“ atamasi odatda uzoq muddatli/qisqa muddatli kapital investitsiyalar kabi xedj fondi strategiyalaridan foydalanadigan roʻyxatdan oʻtgan investitsion fondlarga murojaat qilish uchun ishlatiladi.
AQSHda
Likvid muqobil investitsiyalar AQShda 2000-yillarning oxirida — bunday aktivlar 2010-yildagi 124 milliard dollardan 2014-yilda 310 milliard dollarga oshganda mashhurlikka erishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org