Muqarnas
Muqarnas (arab. مقرنص) — meʼmoriy bezak turi; ravoqli kosachalarning (uyachalarning) ustma-ust joylashishidan xosil boʻladigan murakkab shakl. Meʼmorlikda asosi 4/6/8 burchak boʻlgan mehrob, taxmon, tokcha va boshqalarning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz koʻrinishiga keltirishda, binolar devori bilan shifti oraligʻi, ustunlar boshasi va boshqalarni bezatishda keng qoʻllaniladi. Dastlab sodda shaklga ega boʻlgan, keyinroq murakkab koʻrinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishlatila boshlangan. Muqarnas ishlanadigan joyiga qarab har xil murakkablikda boʻladi. Egri sirtga ega boʻlgan ravoqchalarning uchlari oldinga chiqarilib, yuqori qator uchun tayanch xosil qilinadi. Tarxda bu ravoqchalar koʻpincha teng tomonli uchburchakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqchalar turli burchaklar ostida oʻzaro birikib kosachalar hosil qiladi.
Muqarnasning pastdan koʻrinishi va chizmasi girihga oʻxshaganligidan uni hajmi girih (girihning choʻzilgani) deb ham ataladi. Girih qatʼiy qonunga asoslanganligi uchun taqsim asosini tashkil etgan yulduzlar va boshqa handasiy shakllarni naqqosh oʻz ixtiyori bilan oʻzgartira olmaydi; mujassamotni teng boʻlaklarga boʻlib, shundan bir boʻlagiga takrorlanuvchi nusxa (taqsim) chizadi. Keng maʼnoda muqarnas shakli jihatidan bir necha koʻrinishga ega: sharafa, muqarnas (tor maʼnodagi), kalla muqarnas va iroqi muqarnas. Sharafa ravoqli kosachalar qatorlari gorizontal yoʻnalish boʻyicha takrorlanishidan hosil boʻladi. Tor maʼnodagi muqarnasning oʻzi ikki koʻrinishga ega: ravoqli kosachalar qatorlari vertikal oʻq atrofida ichkariga qaratib 180° (peshtoq, tokcha va boshqada) va 360° (gumbazda) aylantirilishi natijasida hosil qilinadi. Sharafalar qatorlari bilan gumbaz va yarim gumbaz qatorlari oʻrtasida farq bor, yaʼni sharafada kosachalar qatori oʻzgarmaydi, gumbaz va yarim gumbaz qatorlarida kosachalar oʻlchamlari oʻzgarmagan holda kosachalar soni pastdan yuqoriga tomon kamayib boradi. Kosachalar qatorlari tashqi tomonga qaratib vertikal oʻq atrofida 360° aylantirilishi natijasida kalla muqarnas (bosha) hosil qilinadi. Muqarnasning eng murakkab turi — iroqi muqarnas; muqarnasning boshqa turlarida ravoqli kosachalar tomonlari vertikal (tik) tarzda shakllansa, iroqi muqarnasda qiya boʻlgan holda shakllanadi. Iroqi muqarnas nisbatan keyinroq XVI—XVII-asrlarda tarqalgan.
Oʻzbekiston hududida muqarnas ilk bor Tim qishlogʻidagi Arab ota maqbarasida (997 yilda) qoʻllanilgan. Gʻiyosiddin Koshiy „Muftahul qisob“ asarida (XV asrda) muqarnasni aniq va ravshan taʼriflagan; uning soʻzicha, „muqarnas uyalar (kosachalar) pogʻonalaridan (qatorlaridan) tashkil topgan yopmadir …, u adlaʼlardan (yaʼni qirralardan) hosil boʻladi …“. Bu bilan Koshiy muqarnasning ikki asosiy alomati — qirralar (ravoqchalar) va pogʻonalarini (qatorlarini) koʻrsatib bergan. Muqarnas Temuriylar davri meʼmorligida keng qoʻllanilgan. Buxorodagi Mir Arab, Abdulazizxon, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasalarida, Goʻri Amir, Shohizinda ansambli va boshqalarda muqarnasning ajoyib namunalari yaratilgan.
Muqarnas zamonaviy binolar meʼmorligida ham qoʻllanadi. Masalan, Toshkent kuranti, Navoiy teatri va boshqa binolarda muqarnasdan foydalanilgan. Toshkentdagi Xotira maydonidagi kalla muqarnas, Alisher Navoiy, Shahidlar xotirasi xiyobonlaridagi gumbazlar ostidagi sharafalar, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi va boshqa koʻp binolarda muqarnas anʼanalari davom ettirilmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Muqarnas — islom me’morchiligida ishlatiladigan noyob va murakkab bezak elementidir. Bu bezak odatda gumbazlarning ichki qismida, qal’alar, masjidlar, madrasalar, va boshqa diniy yoki ma’rifiy binolarning tomida qo‘llaniladi. Muqarnas o‘ziga xos geometrik shaklda bo‘lib, ko‘plab kichik elementlarning takrorlanishi va ularning uch o‘lchovli tartibda joylashishi natijasida hosil boʻladi.
Muqarnasning tarixi va rivojlanishi:
Muqarnas san’ati asosan O‘rta asr islom dunyosida rivojlangan. U dastlab Sharqiy Forsda (hozirgi Eron hududi), keyinchalik esa Aroq, Mamluklar davrida Misrda, Andalusiyada (Ispaniyaning sharqiy qismi) va keyingi paytlarda turk olamida keng tarqaldi. U Me’moriy element sifatida gumbazlar, portal ichki va tashqi bezaklarida ishlatilgan.
Muqarnasning funktsiyasi:
Muqarnas nafaqat estetik maqsadlarda, balki qurilishda texnik vazifalar ham bajaradi. U gumbaz va boshqa sharsharali tuzilmalar o‘rtasida bog‘lovchi element vazifasini ko‘rsatadi, bu orqali yuqori qavatdagi yassi yoki gumbazli shakllar pastga yanada nozik va chiroyli o‘tadi. Muqarnasning uch o‘lchovli shakli yorug‘lik va soya effektlarini yaratib, bezakni yanada jonli ko‘rsatadi.
Muqarnasning tuzilishi:
Muqarnas ko‘pincha yog'och, loy, marmar, gips yoki sopol kabi materiallardan yasaladi. Uning tuzilishi bir necha qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir qatlam kichik «kletkalar» va «kolba» shaklidagi elementlardan iborat. Ushbu elementlar bir-biriga o‘rinlashib, uch o‘lchovli bezak tasvirini hosil qiladi.
Muqarnas san’ati bugungi kunda:
Zamonaviy me’morlar ham muqarnasni kelajakda qayta tiklash, loyiha va bezaklarda qo‘llashmoqda. Kompyuter grafikasi va chaqmoq yordamida muqarnasning murakkab tuzilishini yaratishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Xulosa:
Muqarnas islom me’morchiligining eng muhim va o‘ziga xos bezak elementlaridan biri hisoblanadi. U me’moriy binolarga nafaqat ko‘rkamlik va nafislik baxsh etadi, balki arxitektura texnikasini yanada mukammal qiladi.
Agar muqarnas haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki rasmlar kerak bo‘lsa, marhamat, so‘rashingiz mumkin.