Muqaddas Xoliqova
Muqaddas Xoliqova 1960-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1977-yili Toshkent Davlat sanʼat instituti „Teatr va kino“aktyorligi fakultetiga oʻqishga kirib, 1981-yili oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan. Shu yili Oʻzbek Milliy Akademik drama teatriga aktrisa sifatida ishga qabul qilindi.
Ijodi
Teatr
Muqaddas Xoliqova sanʼatdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi.
U Hamzaning „Boy ila xizmatchi“sida Poshshaoyim, F.Musajonovning „Najot istab“ida qaynona, „Avgʻon reportaji“da jurnalist, „Tuhmat“da qizil tanli, Karlo Gatssininig „Baxtli gadolar“ida qiz, Shekspirning „Koriolan“ida ayol, Oʻ. Hoshimovning „Qatogʻon“ida ayol, Y.Muqimov, X.Rasulovovlarning „Spitamen“ da ona, M.Avezovning „Eng suluv kelinchak“ida Zuhra, „Tergov davom etadi“da Farogʻat, „Oʻtgan kunlar“da Toʻybeka kabi yana bir qancha koʻp rollarni mahorat bilan ijro etgan. Erkin Xushvaqtov Muqaddas Xoliqovaning ijodiy imkoniyatlaridan, feʼl-atvoridan kelib chiqqan holda, bundan ir necha yil avval qoʻyilgan „Qalliq oʻyini“ spektaklini hamda „Koʻngil“ pyesasini aynan Muqaddas Xoliqovaga atab yozdi va bu asarlar teatr sahnasida muvaffaqiyat qozondi.
Kino
Muqaddas Xoliqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi."Alisher Navoiyda" kanizak, Choʻlponning „Kecha va kunduz“, „Bobur“da Jahongir Mirzoning onasi, M.Yunusovning „Layli va Majnun“ida enaga, M.Boboyevning „Koʻngil koʻchalari“da oʻquvchining onasi, M.Asadullayevning „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Tursinoy, „Shunchaki hazil“da ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
E.Xushvaqtovning „Chimildiq“da xola, „Oshiqlar“, „Nahotki sen“, „Boyvachcha“, „Amakivachchalar“, „Toʻydagi taziya“, „Taqdir charxpalagi“, „Vildon“, „Sevginator yohud qaynona operatsiyasi“, „Merskivich“, „Oʻjar kelin“ kabi filmlarda turli xarakterdagi rollarni ijro etdi. 30 yillik ijodi davomida 100 ga yaqin katta-kichik rollar oʻynab mashhur sanʼatkor sifatida elga tanildi. Uning qoʻshiqlar uchun yaratilgan kilplardagi rollari, „Otalar soʻzi-aqlning koʻzi“, „Dengizdan tomchi“ koʻrsatuvlarida yaratgan obrazlari muxlislar tahsiniga sazovor. Ilk ustozi rahmatli Oʻzbekiston xalq artisti Ikroma Boltayevadan sahna sirlarini oʻrgandi. Yana ustozlari Rixsi Ibrohimova, Toʻti Yusupova, Yayra Abdullayevalar.
Muqaddas Holiqova bir qator mashhur rejissiyorlatlr teatrda Oʻzbekiston xalq artisti T.Azizov, M.Azimov, Valijon Rahimovlar bilan birga ishlagan. Kinoda M.Abzalov, A.Shahobiddinov, Y.Toʻychiyev, A.Bekturdiyev, Y.Ortiqov, A.Gʻaniyev, R.Malikovlar yaratgan filmlarda ishtirok etdi.
Mukofotlari
2001-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2014-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org