Muqaddas Leonard kriptasi
Muqaddas Leonard kriptasi ― Krakovdagi Avliyolar Stanislav va Vaslav sobori ostida joylashgan. Bu Romanesk meʼmorchiligining yodgorligi. Kripta XI-asrda (taxminan, 1038-1039-yillarda) oʻz qarorgohini shaharga koʻchirgan qirol Kazimir I buyrugʻi bilan qurilgan.
XI-asrning oxirida "Germanovska" nomi ostida soborda qurilish ishlari boshlangan. Ehtimol, Vladislav I German ushbu loyihaning homiysi boʻlgan. Sobor 1142-yilda muqaddaslashtirilgan. Ushbu bino haqida koʻp narsa maʼlum: uning tasviri XIII-asr muhrlaridan birida bor. Binoning oʻzi, shu jumladan, Kumush qoʻngʻiroq minorasining poydevori qisman saqlanib qolgan.
Butun kriptani sakkizta ustun koʻtarib turadi. 1118-yilda yepiskop Mavriy dafn etilgan, ammo keyinchalik uning daxmasidan patena va cherkov kosasi olib tashlangan.
Koʻplab Polsha qirollari va mashhur tarixiy shaxslar maqbarada dafn etilgan.
Rim papasi Ioann Pavel II 1946-yil 2-noyabrda, ruhoniylikka tayinlanganidan bir kun oʻtib, Avliyo Leonard kriptasi mehrobida birinchi ibodatini bajardi.
Havolalar
uz.wikipedia.org