Muqaddas Grigoriy I
Muqaddas Gregoriy I (italyancha: San Gregorio) — Mikelandjelo tomonidan yaratilgan toʻrtta marmar haykaldan biri. 1501−1504, Siena soborining Pikkolomini qurbongohi uchun.
Yaratilish tarixi
„Avliyo Gregori I“ haykali Siena soboridagi Pikkolomini ibodatxonasi uchun moʻljallangan edi. Mikelanjelo qurbongohi uchun oʻn besh nafar haykal uchun shartnoma imzoladi, ular 1504-yilgacha tayyorlanishi kerak edi. Ammo atigi toʻrtta haykal („Muqaddas Pavel“, "Muqaddas Pyotr", „Muqaddas Gregoriy I“ va "Muqaddas Piy I") yasalgan.
Vazari ham, Kondivi ham Mikelanjeloning bu asarlarini eslatmaydi. Nyu-Orlean universiteti professori Lourens Jenkens, Mikelandjeloning oʻzi bu ishlarni yoshlik va shoshqaloqlik natijasi deb hisoblagan boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi.
Tavsif
Haykalda oltmish toʻrtinchi papa Muqaddas Gregoriy I tasvirlangan. Muqaddasning boshida papa tiarasi bor. U oldida kitob ushlab turadi va boshi biroz oʻngga egilib, gʻalaba tuygʻusini kuchaytiradi. Chap oyoq bir oz oldinga, lekin bu harakat deyarli butunlay kiyimning ogʻir burmalari bilan yashiringan.
Haykal qurbongohning yuqori qavatida, oʻngda, "Muqaddas Pavel" yuqorisida joylashgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org