Munxauzen (film 2013)




Munxauzen — qisqa muddatli ovozsiz qoʻrqinchli amerika filmi. 2014-yilda Ari Aster tomonidan yozilgan. Filmda Liam Aiken kollejga borish arafasida turgan bolakay rolida, Bonni Bedelia esa uning onasi rolini ijro etadi.

Bu film Munxauzen sindromi nomini oldi. Ya'ni "Tarbiyachining o'z qaramog'idagi bolalarda jismoniy, psixologik, xulq-atvor yoki ruhiy salomatlik muammolarini keltirib chiqaradigan xatti-harakatlari."

Syujet



O‘g‘il o‘zining kelajagini uydan uzoqda tasavvur qiladi. Shuning uchun, bola kollej uchun narsalarini yig'ayotgan edi. Ayol o‘zini bola kollejga ketayotganda mashinasi ortidan yugurayotganini tasavvur qiladi. Uning tasavvurida bola kollej talabasi va debat jamoasining chempioniga aylanadi va u yerda bir qiz bilan tanishadi. O'qishni tugatgach, bola qizga turmush qurishni taklif qiladi. Va yana ona o'g'lini yoshligida bog'da superqahramon qiyofasidagi o'yinchog'ini qidirayotganini sog'inayotganini hayol qiladi. Keyin o'g'li qutilarini yig'ishtirayotganda film yana hozirgi kunga qaytadi.

Ona o'g'li uyni erta tark etmasligi uchun ovqatiga iste'mol qilingandan keyin o'zini yomon his qiluvchi zahar solib qo'yadi. Shifokor kasal bolani tekshirish uchun keladi, lekin nima bo'lganini aniqlay olmaydi. Ona o'g'lining sho'rvasiga "Yana o'zini yaxshi his etuvchi dori" qo'shib, uni davolamoqchi bo'ladi, lekin o'g'li uni iste'mol qila olmaydi. Shifokor yana tashrif buyurganida o'g'lining ahvoli yomonlashadi. Onasi yig'layotganda bolaning tanasi dahshatli spazmlarga duchor bo'ladi va bola to'satdan yerga qulab tushadi.

Film bolaning dafn marosimi va hozir qurib qolgan ona bog‘idagi superqahramon qiyofasi tasviri bilan yakunlanadi.

Rollarda




Chiqarilgan sanasi



Film 2013-yil 23-sentyabrda Fantastic Festda tugallanmagan premyerasi boʻlib o'tdi. 2014-yil 27-iyun kuni Amerika kino institutida cheklangan namoyishda chiqarildi. Keyin u 2015-yil 21-fevralda Vice Shorts tomonidan global miqyosda ommaga namoyish etildi

Davomiyligi - 16 daqiqa

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz