Muntaxab ut-tavorixi Mu’iniy




Muntaxab ut-tavorixi Muʼiniy - Muʼiniddin Natanziy qalamiga mansub Temuriylar davriga oid kitob.

Muiniddin Natanziy Ch.A.Storining maʼlumotiga qaraganda asli seistonlik boʻlgan. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning oʻgʻli, 1415-yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan oʻldirilgan) saroyida xizmat qilgan.
Muʼniddin Natanziyning asarining aniq nomi maʼlum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida „Anonim Iskandera“ nomi bilan mashhur.
Asar 1413-yili yozib tamomlangan. Uning ikkinchi tahriri ham boʻlib, „Muntaxab ut-tavorixi Muʼiniy“ („ Muʼiniyning saylangan tarixi“) deb ataladi va Temurning oʻgʻli Shohruh Mirzoga bagʻishlanadi.
„Muntaxab ut-tavorix“ umumiy tarix tipida yozilgan asar boʻlib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405-yil 18-fevralgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan voqealar haqida fikr yuritadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz