Mungli koʻzlar




„Mungli koʻzlar“  — oʻzbek yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev qalamiga mansub roman. Ilk bor 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Romanda mol-dunyoga berilgan ota-ona va ularning farzandlarining fojiali qismati haqida soʻz yuritiladi.

Syujet



Romanda oʻziga toʻq oila haqida hikoya qilinadi. Oila birdan muammolar ichida qoladi: ota pora bilan qoʻlga tushadi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla boshlaydi. Natijada Zafar va uning nogiron akasi Akbar otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan ayrilishadi. Bu bolalarga qattiq zarba boʻladi. Natijada Akbar oʻzini yoqib yuboradi.

Asad Karimov-Zafar va aka ukalarining dadasi.kasbi bazada bosh omborchi




Nashrlar



Asarning birinchi nashri 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 1991-yil „Kamalak“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Ikkinchi nashr oxirida Abdugʻafur Rasulovning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, V. Valiyev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, J. Nadirova – texnik muharrir, M. Nabiyeva, Sh.Valiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz