Munchoqtepa




Munchoqtepa — qalʼa harobasi (milodiy 2—3-asr). Namangan — Qoʻqon temir yoʻlning Urganjiy st-yasidan 1,5 km shimoli-sharqda, qum barxanlari orasida bino qilingan. M.ning uz. 94 m, eni 82 m, balandligi 10 m. M.ning atrofida chuqur xandaq izi, janubi-sharqiy burchagida qalʼa arki harobalari, shuningdek, sopol idishlar sinigʻi, xumdon qoldiklari saqlangan. Bunday buyumlar qalʼadan tashqarida, qum barxanlari ustida ham uchraydi. Bu hol M.dan tashqarida ham aholi yashaganligidan dalolat beradi. M. 7—8-asrlarda arab istilochilari tomonidan harobaga aylantirilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz