Munavvar Rzayeva




Munavvar Rzayeva (ozarbayjoncha: Münəvvər Rzayeva, 1929-yil 6-iyun — 2004-yil 6-iyun) — ozarbayjonlik haykaltarosh va birinchi monumental ayol haykaltarosh boʻlib, Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan rassom ayoldir.

Biografiyasi




Munavvar Rzayeva 1929-yil 6-iyunda Shusha shahrida tugʻilgan. U Shushada Majid ismli gilamchining oilasida o‘sib ulgʻaygan. 1950-yilda Rzayeva Bokudagi Azim Azimzode nomidagi Ozarbayjon davlat rassomlik bilim yurtini, 1956-yilda V. I. Surikov nomidagi Moskva Davlat Badiiy Akademiyasining Haykaltaroshlik fakultetini tamomlagan. U Nikolay Tomskiy sinfida tahsil olgan.

1943-yildan boshlab u turli xil koʻrgazmalarda qatnashadi. Rzayeva 1953-yildan beri Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi aʼzoligiga saylangan. Shu bilan birga, Madaniyat vazirligining Davlat komissiyasi ham aʼzosi, AMEA Nizomiy nomidagi adabiyot muzeyida restavrator-rassom bo‘lib ishlagan, bir qator haykallarni restavratsiya qilgan holda ish faoliyatini olib borgan.

Uning asarlari Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi, Nizomiy nomidagi Ozarbayjon adabiyoti muzeyi, Ordubadi muzeyi, Siyazan madaniyat uyi va sanʼat fondi kabi bir qancha joylarda asarlari saqlanadi.

Rzayeva psixologik portret ustasi edi. U haykallar yaratish uchun granit, marmar, bronza, yogʻoch va hokazo materiallardan foydalanib kelgan. Rzayeva asarlari asosan sanʼat arboblarining haykallari, jumladan, davlat arbobi va mehnat qahramonlarining haykallari, byustlari, barelyeflaridan iborat edi. Uning ijodiy faoliyatida Huseyn Javid, Sergey Yesenin, Nariman Narimanov, Mikayil Mushfig, Nozim Hikmet byustlari alohida o‘rin tutadi.

Munavvar Rzayeva 2004-yil 6-iyunda Boku shahrida vafot etadi.

Mukofotlari




Memorial



2019-yilda Munavvar Rzayevaning 90 yillik yubileyi nishonlandi.

Ishlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz