Munavvar Isoqova




Munavvar Isoqova (1937-yil, Orjonikidze tumani, Toshkent viloyati — 11-iyun 2014-yil, Toshkent tumani, Toshkent viloyati) — davlat va jamoat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1975), KPSS aʼzosi (1964).

Tarjimayi holi



Munavvar Isoqova 1940-yil Orjonikidze tumanida tavallud topgan. Isoqova 1957-yilda Kalinin tumanidagi „Oʻzbekistonning 40 yilligi“ (ruscha: 40 лет Узбекистана) kolxozida oʻz ish faoliyatini boshlagan, 1959-yildan Orjonikidze tumanidagi „Oʻzbekistonning 50 yilligi“ (ruscha: 50 лет Узбекистана) kolxozida sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. 6—10-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963–1985), Oʻzbekiston KP MK, Prezidum va Toshkent viloyati komiteti aʼzosi, KPSS 24-syezdi delegati (1971) boʻlgan.

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan, 2014-yil 11-iyun kuni 74-yoshida vafot etgan. 2 marta Lenin ordeni (1973-yil 6-sentyabr; 1975-yil 10-fevral) bilan taqdirlangan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz