Mumtozabonu Isxoqzoda




Mumtozabonu Mirafzal qizi Isxoqzoda (2005-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek badiiy gimnastikachisi, milliy terma jamoa aʼzosi.

Shaxsiy hayoti



Ota-onasining xohishi bilan Mumtozabonu toʻrt yoshida badiiy gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. Uning kumiri rossiyalik badiiy gimnastikachi Aleksandra Soldatova. O‘zbekistonda sport ustasi(ingl.)oʻzb.ga nomzod unvonini oldi.

Faoliyati



Isxoqzoda Moskvada oʻtkazilgan 1-oʻsmirlar jahon chempionatida debyut qilib, umumjamoa hisobida 11-oʻrin, koʻpkurashda 17-oʻrin, 5 ta lenta bilan 14-oʻrin va 5 ta halqa bilan 20-oʻrinni egalladi.

2022-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Jahon kubogida debyut qilib, koʻpkurash va 5 ta halqa bilan kumush hamda 3 ta lenta va 2 ta toʻp bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bir haftadan soʻng guruh Bokudagi usobaqada ishtirok etib, koʻpkurashda 6-oʻrinni, 5 ta halqa va 3 ta lenta boʻyicha hamda 2 ta toʻp bilan 7-oʻrinni egalladi. Iyun oyida u Pesaroda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻpkurashda 8-oʻrinni, 5 ta halqa bilan 7-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng u Pattaya shahrida boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati ishtirokchisi boʻlib, koʻpkurashda va 3 ta lenta va 2 ta toʻp boʻyicha oltin, 5 ta halqa bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Avgust oyida Mumtozabonu Koʻniyada boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etib, guruh koʻpkurashida kumush, 3 ta lenta va 2 ta toʻp, 5 ta halqa bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Sentyabr oyida Ibragimova Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Nilufar Azamova, Nargiza Jumaniyozova, Mariya Pak, Shaxzoda Ibragimova, Xurshidabonu Abduraufova hamda ikki nafar yakkalik qatnashuvchilar – Taxmina Ikromova va Yosmina Raximovalar bilan qatnashib, umumiy hisobda 18-oʻrinni va 3 ta lenta + 2 toʻp bilan 20-chi oʻrinni egalladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz