Mumtaz Sorcar




Mumtaz Sorcar (bengalcha: মুমতাজ সরকার ; 1986-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli. U mashhur sehrgar PC Sorkar Junior va Joysri Sorcarning qizi. Mumtaz oʻz faoliyatini Bangladeshlik qoʻshiqchi Mehreen klipida suratga tushushdan boshlagan. U birinchi marta Birsa Dasgupta tomonidan suratga olingan 033 bengal filmida paydo boʻlgan.

Faoliyati



Uning debyut filmi Birsha Dasgupta tomonidan suratga olingan 033 edi. U kino faoliyatining dastlabki kunlarida Shoumik Senning No Poblem filmida suratga tushgan. Shundan soʻng u koʻplab Tollivud filmlariga imzo chekdi va gilm hozirda post-prodyuserlikda va 2012-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.

2010-yil



U Bengal tilidagi Musalmanir Galpo (Musulmon qizining hikoyasi) filmida rol oʻynagan. U filmda taniqli dakoit „Madhumallar“ tomonidan oʻgʻirlab ketilgan goʻzal hindu qizi „Kamala“ rolini ijro etgan. Film Rabindranat Tagor yozgan soʻnggi hikoyasiga asoslangan. Filmda Biplab Chatterji uning hamkasblaridan biri edi.

2011-yil



2011-yilda Sunil Gangopadhyayning mashhur Kakababu sarguzasht seriyasiga asoslangan Kolkatar telefilmining Jongole va Rajbarir Raxasya telefilmlarida koʻrilgan. Ushbu telefilmlar Mahua Films tomonidan ishlab chiqarilgan.

2012-yil



2012-yil uning uchun katta muvaffaqiyat bilan, Bhooter Bhabishyat filmi orqali boshlandi. Qattiq romantikaga berilgan yosh qizning „Koel“ obrazi uning faoliyat tojiga yana bir yoqut qoʻshdi. Filming aktyorlari orasida Parambrata Chatterji, Sabyasachi Chakrabarti, Svastika Mukherji va Mir bor edi.

2013-yil



U Somnath Senning Atmogopan filmida ham suratga tushgan. Mumtaz „Anu“ obrazini oʻynaydi, Subhash Chatterji esa uning otasini tasvirlagan.

2016-yil



Mumtoz Dark Chocolate filmida Payal Mukherjee rolini ijro etgan.

2020-yil



Tamil filmi C/O Kaadhal-da Mumtaz musulmon qiz Salima rolini oʻynadi, bu filmda sevgi yosh tanlamasligi va kerakli odamni uchratib qolsa, istalgan vaqtda sevib qolish mumkinligini koʻrsatadi. U, shuningdek, Charitraheen teleserialida va Hoichoi-da translyatsiya qilinadigan Shobdo Jobdo onlayn-serial trillerida paydo boʻlgan.

Filmografiyasi




Onlayn-seriyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz