Mumtaz Shanti




Mumtaz Shanti (1926-yil 28-may — 1994-yil 19-oktyabr) 1940 va 1950-yillarda Hindiston va Pokiston kinolarida mashhur boʻlgan aktrisa. Basant va Kismet filmlaridagi rollari tufayli uni Jubilee Girl (Yubiley qiz) deb atashgan. U Mangti (1942), Basant (1942), Badalti Duniya (1943), Kismet (1943), Dharti Ke Lal (1946), Ghar Ki Izzat (1948) va Aaxuti (1950) kabi filmlarda suratga tushgan.

Yoshligi



Mumtaz 1926-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyatining Gujrat tumanidagi Dinga shahrida panjoblik musulmon oilasida tugʻilgan. Mumtazning onasi u juda yoshligida vafot etgan va uni xolasi boqib qolgan. Mumtozning amakisi uni ashula va raqsni oʻrganishga undagan, u Lahorga tashrif buyurganida Valiy Sohib uni koʻrib qolgan va u Kalkuttaga borib, 1937-yilda Sohni Kumharon filmida suratga tushgan.

Faoliyati




Mumaz Shanti faoliyati 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida yosh Dilip Kumar ishtirokidagi Basant (1942), Kismet (1943) va Ghar Ki Izzat (1948) kabi mashhur filmlar bilan choʻqqiga chiqqan.

Kismet uning faoliyatidagi ulkan xit boʻldi. U va Ashok Kumar ishtirok etgan film kassa daromadlari boʻyicha oldingi barcha rekordlarni yangiladi. Bu Kalkuttadagi Roxy kinoteatrida uch yil davomida rekord koʻrsatdi. Bu rekord 32 yildan keyin Sholay filmi tomonidan yangilangan.

Shaxsiy hayoti



Mumtoz Shanti Bollywoodga kirishdan oldin kinorejissyor va yozuvchi Vali Muhammad Khanga turmushga chiqqan, keyin ikkalasi ham 1950-yillar boshida Pokistonga koʻchib oʻtgan va Vali Sohib 1977-yilda yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Vafoti



Mumtaz Shanti 1994-yil 19-oktyabrda Pokistonda vafot etgan.

Filmografiyasi



Film




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz