Mumford & Sons




Mumford & Sons ("Mumford va oʻgʻillari") britan folk-rok guruhidir. Guruh aʼzolari: Marcus Mumford (vokal, gitara, dovul, mandolina), Ben Lovett (vokal, klavish, akkordeon, dovul), Winston Marshall (vokal, banjo, gitara, dobro) va Ted Dwane (vokal, kontrabas, dovul, gitara). Mumford & Sons 2007-yil dekabrida gʻarbiy Londonda tashkil topgan.

Mumford & Sons "Lova Your Ground" nomli minialbom chiqarib, Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kichik konsertlar berib yurishdi. 2009-yili oktabrida guruhning Sigh No More albomi chiqdi. Albom Irlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi raqamni egallab, Qoʻshma Shtatlardagi Billboard reytingida ikkinchi oʻringa chiqdi. 2010-yil 1-dekabrida guruh ikkita Grammy — Eng Yaxshi Yangi Artist va Eng Yaxshi Rock Qoʻshiq ("Little Lion Man") mukofotiga nomzod qilindi. Guruh 2010-yilda ARIA, 2011-yilda esa Brit mukofotlarini oldi.

Guruhning ikkinchi albomi, Babel, 2012-yil sentabrida chiqdi. Albom Buyuk Britaniya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilgi Grammy taqdimotida Babel Yil Albomi mukofotini oldi.

2013-yil 20-sentabrida guruh taʼtilga chiqishini eʼlon qildi. 2014-yil 20-iyulida Ben Lovett guruh Londonda uchinchi albomini yozayotgani haqida xabar qildi.

Diskografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz