Mumbay arxitektorlik san'ati
Mumbay arxitektorlik sanʼati — Art Decor nomi bilan mashxur boʻlgan sanʼatlardan biri. Hindiston Britaniya imperiyasining bir qismi boʻlgan davrda, asosan, ofis binolari, turar-joylar va kinoteatrlar Art Deco uslibida qurilgan. 2018-yil 30-iyunda Bahraynda boʻlib oʻtgan YUNESKOning Butunjahon merosi qoʻmitasi tomonidan mumbay arxitektorlik uslubida qurilgan obidalari: Viktoriya va Art Deco ansambli rasman Jahon merosi obekti sifatida tan olindi. Mumbay shaxri Miyanmadan keyin arxitektorlik obidalar boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi shaxar hisoblanadi.
Tarixi
1929-yilda Bombeyda tashkil etilgan Hindiston arxitektorlar instituti Art Deco sanʼatini targʻib qilishda muhim rol oʻynadi. 1937-yil noyabr oyida ushbu institut Mumbaydagi Town Hallda 12 kundan ortiq davom etgan va yuz mingga yaqin tashrif buyuruvchilarni jalb qilgan „Ideal uy koʻrgazmasi“ ni tashkil qildi. Natijada, tashkil etilgan koʻrgazma „Hindiston meʼmorlar instituti jurnali“ tomonidan muvaffaqiyatli deb eʼlon qilindi. Koʻrgazma tashkil etilishidan asosiy maqsad uyning turli qismlari uchun eng „zamonaviy“ arxitektorlik uslublarini joriy qilish, binolardagi va yashash manzillardagi mavjud muammolarni zamonaviy yoʻl bilan hal etish, uy va binolarning bezatish uslibidan jihozlarigachga „Ideal“ xolatga olib kelish edi.
Gʻarb sanʼatiga taqlid qilishdan qochish maqsadida, hind meʼmorlari Art Deco sanʼatidan hayratga tushib Hindiston arxitektorlik uslubiga asos solishdi. Gʻarb elitalari birinchi boʻlib Art Deconing texnologik jihatdan ilgʻor qirralari bilan tajriba oʻtkazdilar va meʼmorlar 1930-yillarning boshlarida transformatsiya jarayonini boshladilar. 1930-yillarda Bombeydagi port savdosining kengayishi oʻrta sinf aholisining son jihatidan oʻsishiga olib keldi. Koʻplab odamlar ish topish uchun Bombeyga koʻchib keldi. Bu melioratsiya jarayoni yangi jamoat va turar-joy binolarini qurishga ehtiyojni oshirdi va bu orqali yangi ishlanmalarga ega boʻlgan arxitektorlik uslibidagi yanngi binolar qurila boshladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi oʻzgaruvchan siyosiy iqlim va Art Deco sanʼatini rivojlanishi shaxarlardagi inshootlarni qurilish uslubini rivojlantirdi. Ushbu davrdagi binolarning aksariyati Cherjgeyt, Kolaba, Fort, Muhammad Ali yoʻli, Cumbala tepaligi, Dadar, Matunga, Bandra va Chembur kabi hududlarda joylashgan qurilish inshootlari bunga misol boʻla oladi.
Arxitektorlik uslubi
XX asr boshlarida samolyotlar, kemalar, poyezdlar va avtomobillar dizayni taʼsirida yumaloq burchaklar va soddalashtirilgan dizaynlar paydo boʻldi va binolarni aerodinamik, tezkor, futuristik va zamonaviy koʻrinishga olib keldi. Bularning barchasi Art Deco binolarini zamonaviy va murakkab koʻrinishda qilish niyatida amalga oshirilgan..
Port shaxar
Bombey port shaxri boʻlganligi va dengiz sayohati rivojlanganligi tasirida uning qurilish uslublariga boshqa millat vakillarining uslublari keng ravshda kirib keldi xususan: Bremen (1929), Qirolicha Meri (1936) va Qirolicha Yelizaveta (1940). Ushbu okean orti davlatning uslublari oʻzlari bilan olib kelgan hashamat va ulugʻvorlik illyuminator oynalari, kema palubasi panjaralar va rasadxona minoralari kabu uslublar kirib keldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org