Multiplikatsiya nima?



Tomoshabin ko’z o’ngida harakatlanuvchi ilk rasmlar belgiyalik fizik J. Plato tomonidan 1832 yildayoq yaratilgan edi. U yasagan asbob-asosiy qismi bir talay rasmlarga ega gardish bo’lgan fonakistop — odamzot tanasi harakatlarining fazalarini tahlil qilib chiqish imkonini berdi. Oradan qirq besh yil o’tgach, 1877 yilda musavvir E. Rayno uni yaratish uchun — praksinokop-ekranda harakatlanuvchi tasvirni proyektsiyalaydigan asbobdan foydalandi. Rassomning Parijdagi Greven muzeyida ishlagan “Optikaviy teatr”i tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozongan bo’lsa-da, baribir bir ermak sifatida qolaverdi. Faqatgina 1905 yilda, ya’ni kino ixtiro qilinganidan 10 yil keyin, amerikalik S. Bleekton va u. Makkey ilk daf’a rasmlarni kinoplyonkaga tushiradilar va multiplikatsion kino namunasini yaratadilar. Xo’sh, “rasmlarni jonlantirish”ning siri nimalardan iborat? U odamzot ko’zining sekundning yigirmadan bir ulushi davomida istalgan tasvirni pardasida saqlab turish xossasiga asoslangan. Bu hodisa persistentsiya yoki ko’rish taassurotlarining inersiyasi deb yuritiladi. Sekundda proyektordan 24 ta qadar o’tganligi tufayli ularning barisi ko’zlar oldida harakatlanuvchi yaxlit tasvirga aylanib ketadi. Demak, “jonlashtirish” uchun bitta va aynan o’sha ob’yektning bir talay tasvirlarini chizish kerak, ob’yekt esa ularning har birida andak boshqacharoq tasvirlanadi. Shuning uchun ham kinematografning bu turi “multiplikasiya” deb nom olgan. Bu kalima lotinchadan tarjima qilinganida “ko’paytirish”ni anglatadi, ilk rassomlar esa aynan oldindan chizib qo’yilgan rasmlarni ko’paytirish bilan shug’ullanishgan edilar. Keyinchalik, nainki chizilgan, qolaversa qo’g’irchoq multfilmlar paydo bo’lganida ular uchun boshqacha — “animatsiya” degan nom o’ylab topishadi. U lotincha “anima” — jon so’zidan kelib chiqadi va “jonlashtirish”ni anglatadi. Shunday bo’lsa hamki, ko’pchilikka eski va odatiy multiplikatsiya tushunchasi yaqinroqdir.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

Multiplikatsiya — bu matematikaning asosiy amallaridan biri bo‘lib, sonlarni ko‘paytirish haqida ma'lumot beradi. Multiplikatsiya yordamida biror sonni boshqa sondan qancha marta takrorlash kerakligi aniqlanadi. Masalan, agar sizda 3 ta guruh bo‘lsa va har bir guruhda 4 dona olma bo‘lsa, jami olma sonini topish uchun 3 ni 4 ga ko‘paytirasiz: 3 × 4 = 12. Demak, jami 12 dona olma bo‘ladi.

Multiplikatsiya amalining bir nechta asosiy xususiyatlari mavjud:

  1. Kommutativlik: Sonlarni ko‘paytirishda ularni tartibini almashtirish natijaga ta'sir qilmaydi. Ya'ni, a × b = b × a.

  2. Assotsiativlik: Uch yoki undan ortiq sonlarni ko‘paytirishda ularni guruhlash ketma-ketligi natijani o‘zgartirmaydi. Masalan, (a × b) × c = a × (b × c).

  3. Birlik elementi: Har qanday sonni 1 ga ko‘paytirganda, son o‘z holicha qoladi: a × 1 = a.

  4. Nol elementi: Har qanday sonni 0 ga ko‘paytirganda natija doimo 0 bo‘ladi: a × 0 = 0.

Multiplikatsiya ko‘pincha "×", "*" yoki "·" belgilar yordamida ifodalanadi. Bu amal kundalik hayotda, sana hisoblashda, moliyaviy hisob-kitoblarda, ilm-fan va texnologiyada keng qo‘llaniladi. Shuningdek, multiplikatsiya algebra, geometrik hisob-kitoblar, fizikada kuchlar va tezliklarni hisoblash kabi ko‘plab sohalarda muhim ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz