Mullo Shamsi Muhammad guzari




Mullo Shamsi Muhammad guzari (yoki Sharshara , yana Bozori alaf nomlari ham ishlatiladi) — XVIII asrda tashkil topgan Buxoro shahri guzarlaridan biri. Guzar aholisining asosiy qismi savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan.

Tuzilishi



Bu yerda maktab va masjid, masjid ichida bir necha hujralar boʻlganligi sababli masjidga nisbatan madrasa nisbasi ham qoʻllanadi. Nodir Devonbegi madrasasi,
xonaqohi va hovuzning oʻzi, qisqasi Labihovuz ansambli shu guzar hududiga tegishli boʻlgan.
Guzarning ziyoratgoh maskanlaridan biri — bu uch aka-uka mozori hisoblanadi. Guzarda Nodir Devonbegi xonaqohining mehrobida ularning eng yoshi kattasi Xoʻja Karim dafn etilgan. Oʻrta yoshlisi esa qoʻshni guzar boʻlmish Xoʻja halim guzariga koʻmilgan. Guzar nomi shu kishining ismidan olingan. Eng kichik yoshlisi Xoʻja Salim
Mirzobiy guzar masjidi ichiga koʻmilgan. Guzarning ikki tarafi boʻylab savdo rastalari joylashgan. Hovuz atrofida holva-non, Bozori
alafdan Toqi Sarrofongacha — chitfurushlik, tovuq bozori, chit rastalari,
aylana toq ichidagi shaxsiy doʻkonlarda esa jun rumol sotilgan.

1927-yilgi olingan hisobotda yozilishicha, guzardan 47 xoʻjalik joy olgan
boʻlib, unda 235 kishi istiqomat qilgan. 1929-yil fevralda
guzarlarni qayta roʻyxatga olish jarayonida Eski mahalla, Masjidi Alvonj, Mullo Shamsi Muhammad, Xoʻja halim guzarlari birlashtirilib,
Ozod guzari deb nomlangan.

Hozigi holati



Hozir ham guzar deyarli eski holatida. Ammo hozirda aholisi juda kam. Guzarning hozirgi oʻrnida Labihovuz ansambli tashkil topgan boʻlib, uning tarkibiga Nodir Devonbegi madrasasi, masjidi, xonaqohi va alohida hovuz joylashgan. Tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan. Bozori alaf deb nom olgan joy esa, avtobuslar, marshrutlar,
taksilar toʻxtaydigan oxirgi bekat vazifasini oʻtaydi. Guzarning quyi qismidan
Najib Husaynov nomidagi koʻcha oʻtgan boʻlib, „Yoshlik“ nomli kinoteatr joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz