Mullanafas Qodirberdi o`g`li




Mullanafas Qodirberdi oʻgʻli [1810, Seraxs yaqinida (xoz. Ashxobod viloyati) — 1862] — turkman shoiri, musiqachi. Madrasada taxsil olgan. Insoniy sevgi, mehr-muhabbat M. lirikasining bosh mavzusi hisoblanadi.

Asarlarida oʻz davrining ilgʻor kishisi sifatida ayollarni, ularning aklu zakovati, goʻzalligi va samimiyligini aks ettirgan ("Sevgilim", "Kelaqol", "Unutma", "Durdaxonga" vab.). M. sheʼriyati hayotiy voqealarga boy. Sheʼrlarida xalqning hayoti va urf-odatlari tasvirlangan. Ayrim sheʼrlari baxshilar repertuaridan yozib olingan. M.ning "Zuhra va Tohir" ijtimoiyromantik dostoni mashhur. Sharqxalqlari oʻrtasida mashhur syujet asosida yozilgan mazkur doston turkman sheʼriyatining eng salmokli asarlaridan biridir. Bu doston asosida musiqali drama va opera yaratilgan.

Asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan, hofizlar repertuaridan oʻrin olgan.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz