Mullajonov Safarboy
Mullajonov Safarboy — 1900-yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Birlashgan qishloq soveti Qo‘pggepa qishlog‘idan, o‘zbek.
1935-yili ijtimoiy kelib chiqishini yashirganligi uchun VKP safidan chiqarilgan. Hibsga olingunga qadar kolxozchi, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy,
troskiychi targ‘ibot olib borganlikda, troskiychilarning tor-mor keltirishiga qaramasdan baribir ular sovet hokimiyatini ag‘darib g‘alabaga erishadilar deb aytganlikda, kolxozlardagi ocharchilik to‘g‘risida ig‘vorona mish-mishlar tarqatganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org