Mulda




Mulda (nem. mulde — togʻora) (geologiyada) — qiya sinklinal burmalanish yoki tektonik choʻkish natijasida shakllangan tovoqsimon yotqiziklar. Baʼzan sinklinal burmalarning pastki qismi ham M. deb ataladi. Geosinklinal-orogen va platforma strukturalarining oraligʻida qoʻshimcha deformatsiya natijasida vujudga kelgan va koʻpincha qoʻngʻir koʻmir havzalari paydo boʻlishi bilan bogʻliq M.lar farq qilinadi.

Konlarni qazib olish natijasida paydo boʻladigan va taʼsiri yer yuzasigacha tarqaladigan jinslarning siljish hollari choʻkish yoki siljish M.si deb yuritiladi. Yer ostidan foydali qazilmalar kazib olinadigan hududlarda choʻkish ehtimoli boʻlgan, yaʼni siljish M.sida bino va inshootlar qurilishi taqiklanadi, bu maydonlar konga ajratilgan hudud deb hisoblanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz