Mulan (2020 film)




Mulan 2020-yilda ekranlarga chiqqan, Niki Caro tomonidan suratga olingan, Walt Disney Pictures mahsuloti boʻlgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan fentezi va jangari janridagi AQSh filmidir. Film Walt Disney Animation Studios studiyasi tomonidan 1998-yilda chiqarilgan xuddi shu nomdagi multfilmga asoslangandir. Film bosh qahramonlarini Liu Yifei, Donnie Yen, Jason Scott Lee, Yoson An, Gong Li va Jet Li kabi aktyorlar jonlantirishgandir.

Mulan filmining umumjahon premyerasi 9-mart 2020-yilda Hollywooddagi Dolby kinoteatrida boʻldi. Film budjeti $200 million boʻlib, jahon boʻylab $70 million jamgʻardi.

Film tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilandi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 310 ta maqola yigʻilib, ulardan 73%i filmni ijobiy baholadi. Sayt konsensusi shunday: „U oʻzining klassik hikoyasini oʻta teranroq qilib soʻzlab berishi mumkin edi, ammo multfilm emas, balki inson tomonidan gavdalantirilgan Mulan oʻzining animatsion oʻtmishdoshining hayajonli yangilanishi vazifasini bajaradigan bir ajoyibotdir“.

Mazmuni



Xitoy imperatori mamlakatni shimoliy bosqinchilardan himoya qilish maqsadida har bir oila boshligʻi imperator armiyasiga xizmat qilishi kerakligi toʻgʻrisida farmon chiqarganidan soʻng, faxriy jangchining toʻngʻich qizi Hua Mulan kasal otasining oʻrnini egallashga kirishadi. Erkak sifatida niqoblanib, oʻzini Hua Jun deb tanishtiradi, u har qadamda sinaladi hamda oʻzining ichki kuchini ishga solib, oʻzining haqiqiy salohiyatidan foydalanishi kerak boʻladi. Bu uni sharafli jangchiga aylantiradigan, shuningdek minnatdor xalq va magʻrur otasining hurmatiga sazovor boʻladigan epik sayohat boʻladi…

— Walt Disney Pictures[7]

Rollarda




Relizi




Musiqasi



Saundtrek
Manba : Tidal

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz