Mukurra




Mukurra — Nil daryosi vodiysida (Nubiyada) joylashgan kad. davlat (hozirgi Sudan hududi)(milodiy 6 — 7 — 16-asrlar). Poytaxti — Eski Dongola. Aholisi — nobatlar, ular 569 — 570 yillarda xristianlikni qabul qilishgan. 7-asrning boshida Nabateya davlati bilan birlashib, Nubiya davlati tuzilgan. Arablar 652 yilda M.ni bosib olib, ularga oʻlpon (yiliga 360 tadan qul yetkazib berish) solishgan. Musulmonlarning kirib kelishi, mamluklarning qaytaqayta hujumi (13-asr), arablar hukmronligining kuchayishi natijasida islom dini keng tarqalgan. M. 12-asrda chorva, temir va kul savdosi tufayli gullab-yashnagan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz