Mukarramxon Ahmedova




Mukarramxon Ahmedova (1969-yil 2-fevral, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Biografiyasi



Mukarramxon Ahmedova 1969-yilning 2-fevralida Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 1992—1998-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi, 1994—2001-yillarda Qoʻqon shahridagi 22-oʻrta maktab oʻqituvchisi, keyinchalik Qoʻqon shahridagi respublika yengil sanoat kasb-hunar kollej oʻqituvchisi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti „Taʼlim standartlari nazariyasi va metodikasi“ boʻlimi ilmiy xodimi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti „Kasb-hunar taʼlimi pedagogikasi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti „Oʻquv-metodika“ boʻlimi inspektori va „Pedagogik texnologiyalar“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika“ kafedrasining katta oʻqituvchisi. Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika“ kafedrasining pedagogika fanlari nomzodi, Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika va umumiy psixologiya“ kafedrasining dotsenti. Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika“ kafedrasining dotsenti, Toshkent davlat pedagogika universiteti „Ijtimoiy pedagogika“ kafedrasining dotsenti, 2021-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi „Pedagogika va psixologiya“ kafedrasi dotsenti.

Ilmiy faoliyati



90 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. 2 ta „Tibbiy taʼlimda neyropedagogika va neyropsixologiya asoslari“ va „Boʻlajak tibbiyot xodimlarining konfliktologik madaniyatini rivojlantirish“ nomli monografiyalar chop etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz