Mukambar Rahimova




Mukambar Hakimovna Rahimova (1941.23.3, Toshkent) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (2002). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1964) va rejissyorlik (1976) ftlarini tugatgan. 1964-yildan "Oʻzbekfilm"ning aktyor studiyasida. Rahimova keng diapazoni, yuqori mahorati, chuqur dramatik va satirik obrazlari bilan diqqatga sazovor. Qunduz ("Istiqbol yoʻli"), Lola ("Surayyo"), Enaga ("Dahoning yoshligi"), Xatira ("Oy borib, omon qayt"), kabi rollarni yaratgan. Rejissyor sifatida Fargʻona teatri ("Intilganga tole yor"), Jizzax teatri ("Xayolparast") va boshqa teatrlarda ham spektakllar, "Guvohsiz suhbat", "Nomaʼlum ayol maktubi", "Qasoskorning oltin boshi" kabi radiopostanovkalar sahnalashtirgan. Dublyaj rejissyor i sifatida tanilgan ("Oq shudring", "Igna", "Mening Miom, Mio", "Shahrizodaning yangi ertaklari", "Zombe", "Delfin hayqirigʻi", "Uch qirolning toʻqnashuvi", "Kunning ayoli" va boshqalar) Oʻzi ham 13 yoshidan dublyajda, radiopostanovka, telespektakllarda qatnashadi. "Dugonalar", "Tabassum", "Vatandosh", "Yaxshi kayfiyat" kabi radiojurnallarning boshlovchisi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz