Muhsinjon Ubaydullayev




Muhsinjon Ubaydullayev  — (15-iyul 1994-yil) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va „Neftchi“ klubi himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Paxtakor jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati 2013-yil "Paxtakor" jamoasi tarkibida boshlagan. 2015-yilgi mavsumda Fargʻonaning jamoasi "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi. „Keksa chinorlar“ tarkibida 3 yil davomida harakat qilib jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2018-yilgi mavsumda 3 yillik faoliyatdan soʻng jamoasini oʻzgartirdi. Dastlab Muborakning „Mash’al“ klubi bilam shartnoma imzolagan xolda transferni oynasini soʻnggi kunlarida jamoasini Navoiyning „Qizilqum“ klubiga oʻzgartirdi. Navoiyliklar safida 4 yil davomida harakat qildi va 2022-yilgiu mvasumda sobiq jamoasi "Neftchi" klubiga qaytdi.

Milliy terma jamoa



Ubaydullayev terma jamoalar tarkibida kattalar jamoasida tashqari barcha yosh toifasida harakat qilgan. Terma jamoalar safidagi eng katta yutugʻi FIFA U-17 jahon chempionati 2011 va FIFA U-20 jahon chempionati 2013 da harakat qilgani edi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz