Muhsin Faxrizoda




Muhsin Faxrizoda forscha: محسن فخری زاده مهابادی; (1958-yilda Qum shahrida tugʻilgan, 2020-yil 27-noyabr kuni Tehron yaqinidagi Absard shahrida oʻldirilgan) — Eron fizigi. Islom inqilobi gvardiyasi zobiti va Tehron shahridagi Imom Husayn universitetining fizika professori. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi maʼlumotlariga koʻra, Faxrizoda Eron Mudofaa vazirligi va Eron Qurolli Kuchlarining katta ilmiy xodimi va Jismoniy tadqiqotlar markazi (PHRC) rahbari boʻlgan. U ballistik raketalar uchun yadroviy kallakni yaratish boʻyicha „Amad loyihasi“ maxfiy dasturini boshqargan. Shuningdek, u Islom inqilobi soqchilar korpusining katta zobiti boʻlgan. Faxrizoda yadroviy qurol ishlab chiqaradigan SPND tadqiqot firmasini boshqargan. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning qayd etishicha, Faxrizoda Tehron butun yadro loyihasining rahbari boʻlgan. Olim „Eron bombasining otasi“ degan nom bilan shuhrat qozongan. 2020-yil 27-noyabr kuni qurolli hujum natijasida halok boʻldi.

Suiqasd



2020-yil 27-noyabr kuni Tehron yaqinidagi Absard shahrida suiqasd uyushtirilgan. Fahrizoda Tehron yaqinidagi Abserd shahrida oʻzining Nissan Teana shaxsiy transportini haydab ketayotganda pistirmaga uchradi. Odatda uchta zirhli mashinalar kolonnasi hamrohligida rafiqasi bilan oʻq oʻtkazmaydigan mashinada harakatlangan.Voqealar toʻgʻrisida juda koʻp qarama-qarshi va bir-biriga mos kelmaydigan maʼlumotlar mavjud. Eron hukumati suiqasdda mujohidlar va Isroilni aybladi. Dastlabki mish-mishlarda Faxrizoda Nissan yuk mashinasida boʻlib, u yogʻoch uyum ostida yashiringan portlovchi moddalarni olib ketayotgani haqida boʻlgan. U oldinga harakatlanib ketayotganida qurollangan shaxslar tomonidan mashinasiga qarata oʻt ochilgan; Fahrizoda qoʻriqchilari va hujumchilar oʻrtasida toʻqnashuv boshlandi. Faxrizoda ogʻir jarohat oldi va shoshilinch ravishda kasalxonaga joʻnatildi. U erda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

2010-2012-yillarda toʻrtta Eron yadro mutaxassisi oʻldirilgan. Tehron ularning oʻlimida Isroilni aybladi, ammo bunga dalil yoʻq. Faxrizoda ham bir necha yil oldin amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz suiqasddan omon qolgan. Eron razvedka xizmatlari yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda oʻldirilishi mumkin, deb hisoblashgan. Ammo ular buni jiddiy qabul qilmagan.

Tahlil



Kuzatuvchilar Faxrizodaning oʻldirilishi Isroilning Jo Bayden Eron bilan muzokaralarni boshlashiga toʻsqinlik qilish niyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin deb hisoblaydi.

Soʻnggi maʻlumotlarga koʻra, suiqasdga dastlabki tayyorgarlik ishlari bilan shugʻullangan odam Qurolli kuchlar aʼzosi boʻlgan. Razvedka fizikka yaqinlashib kelayotgan suiqasd va uning qayerda sodir boʻlishini ham bilgan, ammo ularga vaqt nomaʼlum boʻlgan. Qotillikdan besh kun oldin vazirlik ushbu maʼlumotni tegishli idoralarga yetkazgan, ammo jinoyatning oldini ololmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz