Muhosibiy




Muhosibiy (taxm. tug‘. – 781 y. vaf. – 857 y.) ilohiyotchi, sufiylikning ilk nazariyotchisi. To‘liq ismi Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy bo‘lgan. Basrada tug‘ilgan.
Hayoti. Yoshligida Bag‘dodga ko‘chib kelgan va o‘qishni mustaqil shu joyda davom ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan. Muhosibiy mu’taziliylarning «inson irodasi erkinligi» haqidagi ta’limoti tarafdori bo‘lgan. Uning taqvosi va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va atrofida kuplab shogirdlar to‘planishiga sabab bo ‘lgan. Biroq, taxminan 846 yil Ibn Hanbal boshchiligidagi hanbaliylarning quvg‘ini natijasida u va’z va darslarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Ahmad ibn Hanbal Muhosibiyni qarashlari tufayli «bid’atchi» deb e’lon qilgan. Ko‘p tarafdorlarga ega bo‘lgan Ahmad ibn Hanbal Muhosibiyni Bag‘doddan Kufaga chiqib ketishga majbur qilgan. Shu bilan birga «Muhosibiyga janoza o‘qilmasligi» haqida fatvo beradi.
Shundan so‘ng Muhosibiy darveshona hayot kechirib, ijtimoiy faoliyatni to‘xtatib, qashshoqlikda yashagan. U 855 yil Ahmad ibn Hanbalning vafotidan keyingina Bag‘dodga qaytgan.
Ustozlari. Yazid ibn Horun (vaf. 821 y.) va Abu Ishoq Qurashiy bo‘lgan. Ulardan Hadis va fiqhni o‘rgangan.
Shogirdlari. Bag‘dodning mashhur sufiylari Nuriy (vaf. 907 y.) va Junaydga (vaf. 910 y.) ustozlik qilgan.
Ilmiy merosi. Muhosibiy 30dan ziyod asar yozgan, ulardan mashhurlari «Kitab ar-rioya li-huquq Alloh» («Allohning haqlariga rioya qilish»), «Kitab at-tavahhum» va «Kitab al-ba’s va-nnushur» («Qayta tirilish va yig‘ilish kitobi»), sufiylikka qadam qo‘yganlar uchun o‘gitlar sifatida «Kitob alvasoya» («Tavsiyalar kitobi»). Muhosibiy asarlarida nafs, inson tabiati, uning zaif jihatlari, ularni yengib o‘tish yo‘llari, ruhiy mashqlarni tasvirlab berish orqali zuhdning ruhiy jihatlariga katta e’tibor qaratgan hamda u o‘z asarlarida tasavvufning ruhiy-psixologik jihatlarini mohirona ochib bergan. Riyo aralashgan xudojo‘ylikdan saqlanishga chaqirgan.

Faoliyati. Muhosibiy shaxs o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi o‘z-o‘zini kuzatuv va o‘zini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Muhosibiy laqabi shundan olingan ya’ni «o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘ziga-o‘zi hisob berish tarafdori» degan ma’noni anglatadi. Muhosibiy inson qalbi va nafsining yashirin intilishlarini tadqiq etishi bilan oddiy zuxd va zohidlardan ilgarilab ketgan.

Vafoti










.

Manbalar



.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz