Muhiddin Mansurov
Muhiddin Mansurov (tugʻilgan yili nomaʼlum) — buxorolik savdogar, jamoat va davlat arbobi, Buxorodagi jadidchilik harakati va „Yosh buxoroliklar“ harakatining yetakchilaridan biri.
Tarjimayi holi
Muhiddin Mansurov millati tojik. Mansurov zodagonlar oilasida tugʻilgan boʻlib, katta bankir va yirik paxta tozalash zavodining egasi boʻlgan. Mansurov Oktyabr toʻntarishidan oldin Buxoroning eng boy kishilaridan biri sifatida jadidchilik harakatining aʼzosi va homiysi boʻlgan. 1900-yildan Buxoro amiriga muxolifatda boʻla boshlaydi. Mansurov 1912-yilda taʼsis etilgan tojik tilidagi „Buxoroyi sharif“ gazetasi egasi va asoschilaridan biridir.
1917-yilda Mansurov „Yosh buxoroliklar“ harakatining raisi boʻladi. 1918-yilda Buxoro amiring taʼqibidan qochib, Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) va Toshkent shaharlarida yashirinib yurgan. Shuningdek, oʻgʻillari Isom Muhiddinov va Abdulqodir Muhiddinovlar harakatning Markaziy qoʻmitasiga tarkibiga qabul qilingan. Buxoro amirligi tugatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi eʼlon qilingach, 1920-yilda Mansurov Sovet Rossiyasi bilan savdo-siyosiy aloqalar oʻrnatish boʻyicha Moskvadagi BXSR missiyasiga rahbarlik qiladi.
1920—1921-yillari Buxoro Xalq Sovet Respublikasi savdo-sanoat noziri (vaziri). 1922-yilda savdogarlar vakilligidan Butun Buxoro MIQ Prezidiumi aʼzosi.
Oilasi
Mansurov zodagonlar oilasidan boʻlgan ayolga uylangan. Mansurovning 4 oʻgʻil va 1 qizi boʻlgan: Isom, Abdulqodir, Amin, Xayrullo Muhiddinovlar va Matlabxon Muhiddinova. Oʻgʻillari Isom, Abdulqodir, Aminlar „Yosh buxoroliklar“ harakatining azʼolari boʻlishgan, bundan tashqari, Isom otasining biznesi va „Mansurov savdo uyi“ni boshqargan, Abduqodir keyinchalik BXSR raisi, Amin esa RSFSRda BXSRning vakolatli vakili boʻlib faoliyat yuritgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org