Muhiddin Aminzoda




Muhiddin Aminzoda (1904—1966) – tojik sovet shoiri, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, sozanda, SSSRda xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti



Muhammad Aminzoda 1904-yil 22-martda o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Samarqand pedagogika bilim yurtini 1925-yilda tamomlab, muallimlik qila boshlagan. 1928—1929-yillarda Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagogik va musiqiy taʼlim olgan. Musiqa maktabida dars bergan. 1932-yildan Xoʻjand musiqali drama teatrida adabiy direktor boʻlib ishlagan. 1937-yildan Dushanbe musiqali teatrida (1940-yildan Tojikiston opera va balet teatri) ishlagan. Ikki marta (1954, 1957) „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukofotlangan.

Ijodi



Muhiddin Aminzoda oʻzining ijodiy faoliyatini 1924-yilda boshlagan. Uning ijodi tojik sovet sheʼriyatida alohida oʻrin tutadi. 1920—1930-yillardagi sheʼrlarida u Oktyabr inqilobini ulugʻlagan, eski turmush tarzi, feodal dunyosi qoldiqlari va oʻtmish anʼanalariga qarshi gapirgan, ayollar ozodligi uchun kurashgan, baxtli hayot haqida yozgan. Sovet yoshlari, tojik xalqining yangi hayot qurishdagi yutuqlari, Vatan, fan va bilim yutuqlarini ulug'lagan. Teshaboy", „Suxani komsomol“, „Ba Modaram-Vatanam“ va boshqalarda tojik xalqining fashizmga qarshi qahramonligini tasvirlagan.

1935-yildan Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Tojik sovet adabiyotida satirik sheʼriyat asoschilaridan biri.

Aminzoda sheʼrlari ixcham, tili sodda. Qoʻshiqlar muallifi sifatida ham tanilgan. Aminzoda ellikdan ortiq qoʻshiqlar muallifi hisoblanadi.

Tanlangan asarlari



Sheʼriy toʻplamlari

Nasr

Pyesalari

Tarjima faoliyatida Aleksandr Pushkin, Mixail Lermontov, Ivan Krilov, Taras Shevchenko, Alisher Navoiy, Maksim Gorkiy, Xamza , Gʻafur Gʻulom ijodlaridan tarjima qilgan

Oilasi




Mukofotlari




Xotira



Xo'jandda Muhiddin Aminzoda uy-muzeyi ochilgan va Dushanbedagi maktablardan biri uning nomi berilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz