Muhandislik geologiyasi xaritasi




Muhandislik geologiyasi xaritasi — qurilish moʻljallangan yer maydoniga tegishli har xil muxandislik-geologik omillar (tektonik, geomorfologik, gidrogeologik, gidrologik, geologik va muhandislik-geologik jarayonlarning tarkalish darajasi va boshqalar) aks ettirilgan harita. M.g.x.da togʻ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik xossalari eʼtiborga olinadi. Haritalar mazmuniga qarab bir necha guruhga — muhandislikgeologik sharoitlar (yer usti inshootlari qurilishi moʻljallangan hududlar uchun eng muhim maʼlumotlar koʻrsatiladi), muhandislik-geologik rayonlashtirish (region, oblast, rayon va ayrim maydonlar muhandislik-geologik sharoiti hisobga olinadi), maxsus muhandislik (alohida qurilish obʼyekti uchun tuzilib, lyosslarning namlik taʼsirida choʻkishi, surilmalar oʻrni mukammal tasvirlanadi va bashoratlanadi) va boshqa haritalarga boʻlinadi.

Har bir haritaga tushuntirish matni, muhandislik-geologik kesim va shartli belgilar ilova qilinadi. Haritalar turli masshtablarda tuziladi. Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo hududlarining M.g.x. tuzilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz