Muhammadvali g'ori




Muhammadvali gʻori -Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi gʻor. Chilustun togʻining shimoliyyon bagʻrida, 1085 m balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorni birinchi boʻlib akademik D. I. Shcherbakov tekshirgan (1931). Gʻor ogʻzi shimoli-sharq tomon ochilgan (eni 1,6 m, balandligi 2,5 m). Gʻor shipi va devorlari kalsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar bilan qoplangan gumbazsimon xonadan boshlanadi (uz. 3 m, balandligi 2,7). Undan ichkariga tomon bir qancha yoʻlaklar (uz. 3,5 m gacha, balandligi 2 m gacha, eni 2,5 m gacha) davom etadi hamda yana 4 ta xona (uz. 3,5- 22 m, eni 2,5-4 m, balandligi 1,7-5 m) tutashgan. Gʻor sahni notekis, oxirida pasayib tor yoriqqa aylanadi. Bu qismida suv yigʻilib qolgan. Gʻorning umumiy uz. 57 m, maydoni 92 m2, hajmi 276 m3.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz