MUHAMMADSIDDIQOV Muhammadolim Muhammatroziq oʻgʻli
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammatroziq oʻgʻli (1972-yilda tugʻilgan) — sharqshunos, iqtisodchi, arabshunos, siyosiy fanlar nomzodi. Toshkent islom instituti rektori.
Ilmiy yoʻnalishi
Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qator respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi.
Faoliyati
Qohira davlat universiteti Iqtisodiyot va siyosiy fanlar fakultetining 1999- va ToshDSHI „Xalqaro aloqalar va iqtisod“ fakultetining 2002-yil bitiruvchisi. 1994—1999-yillar Qohira davlat universiteti talabasi; 2000—2002-yillar TDSHIda magistrant va oʻqituvchi; 2005-yildan katta oʻqituvchi; Jahon siyosati kafedrasida dotsent; 2015-yilda „Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent; 2016-2017-yillar ToshDSHI "„Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar“ kafedrasi mudiri, 2017—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy taʼlim boʻlimi boshligʻi, 2018-2019-yillar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2019-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi dotsenti, 2020-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Saudiya Arabistoni Podshohligining Qizil dengiz mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash siyosatining xususiyatlari“ — Toshkent, 2005.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga taʼsiri“ — Toshkent, 2018.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org