Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli




Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli (1891-yil, Samarqand – 1920-yil, Qarshi) – jadid maʼrifatparvari. Jadid nashrlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan.

Biografiyasi



Muhammadquli 1891-yilda Samarqandda tugʻilgan. Dastlabki taʼlimni maktabda olgan, xat-savodini maktabda chiqargan. Jadidchilik harakatlari natijasida islohot ishlari boshlangandan soʻng Mahmudxoʻja Behbudiy (1874-1920)ga shogirdlikka tushadi. Jadidchilik harakatining gʻoya va fikrlariga ergashib, ularga koʻmak bergan. Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan chop etish yoʻlga qoʻyilgan „Samarqand“ gazetasi va „Oyina“ jurnallarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan. Samarqandda kutubxona va maktab qurilishiga yordam bergan. Muhammadqul oʻzi ham uyida maktab ochib, 30-50 nafar xalq bolalarini oʻqitgan.
Muhammadquli maktabi 1918-yilgacha faoliyat olib borgan, bolsheviklar hokimiyatni egallaganidan keyin hukumat maktabiga oʻzgartirilgan.

Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli 1912-yilda Moskva, Varshava, Odessa, Istanbul, Vena shaharlarini kezib, Varshava orqali Turkiston oʻlkasiga qaytgan. 1914-yil birinchi jahon urushi boshlanmasdan avval Samara, Kavkaz, Moskva, Nijniynovogorod va Qozon shaharlarida sayohat qilgan.

Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobidan keyin yana xalq xizmatiga kirishadi. A.Kerenskiyning muvaqqat hukumati boshqaruvi davrida Samarqandda chop etiladigan „Hurriyat“ gazetasiga moddiy jihatdan koʻmak bergan. Muhammadquli „Ittifoq“ gazetasining moddiy taʼminotiga 1918-yilgacha, yaʼni, bolsheviklar hukumati hokimiyatni oʻrnatgunga qadar homiylik qilgan. Muhammadquli Oʻrinbiy oʻgʻli Samarqandda maktab va maorif sohalarini rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. Shaxsiy mablagʻlarini ushbu sohalar rivojlanishiga sarflagan. 1919-yil 25-martda Mahmudxoʻja Behbudiy bilan safarga otlanadi. Behbudiy, Shohmuhammadzoda Shahrisabzda qoʻlga olingan va Qarshiga keltirilgan. Qarshi begi Togʻaybek buyrugʻi bilan qatl etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz