Muhammadqodir Abdullayev
Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev — 1973-yil 15-noyabrda dunyoga kelgan Andijonlikbokschi, 63,5 kg vazn bilan Olimpiada va jahon chempioni boʻlgan. Oʻzbekiston chempioni (1993, 1996—98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning gʻolibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Fransiya). Markaziy Osiyo oʻyinlarida 1995-yil — 2 oʻrin, 1997-yil — 1-oʻrin, 13-Osiyo oʻyinlari (Tailand, 1998)da 1-oʻrin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-yil AQShning Xyuston shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatining , 2000-yil Sidneyda oʻtkazilgan 27-yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. „Shuhrat“ medali (1995), „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) bilan mukofotlangan.
Jang natijalari
1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida O‘zbekiston vakili (yengil vazn toifasida) sifatida kurashib, Terrance Cauthenga (AQSh) 6-18 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil Sidney Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi (yengil oʻrta vaznda) va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 1993-yil Finlandiyaning Tampere shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Chempionatda Enrike Karrionga (Kuba) yutqazdi. 1997-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yengil vazn toifasida qatnashdi. Chempionatda Mett Zeganga (Polsha) 3-10 hisobida magʻlub boʻlgan.
1999-yil Xyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yengil yarim oʻrta vazn toifasida ushtirok etib, oltin medali sohibiga aylandi. Oydin Gasanovni (Rossiya) 10:6 hisobida mag‘lub etdi, Rikardo Williamsni (AQSh) 11:4 hisobida yengdi.
1995-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionligi yengil vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. 1997-yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatining yengil vazn toifasida oltin medal sovrindori boʻldi. 1998-yil Xitoyning Chongqing shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati oltin medali sohibi, 1998-yil Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi. 1999-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan yengil toifadagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Mukofotlari
Boks natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org