Muhammadjonov Ato Samig'iddinovich




Ato Samigʻiddinovich Muhammadjonov (1940.2.9, Dushanba) — Tojikiston xalq artisti (1981). 1958-yildan Loxutiy nomidagi teatrda ishlaydi. Tojikistonning mashhur filmlari M. nomi bilan bogʻliq. Eng yaxshi rollari: Atham ("Olim Atham"), Chol ("Cholning hikoyasi"), Klaudio ("Hamlet"), Bobojon Gʻofurov ("Millat dramasi"), Qirol Lir ("Qirol Lir") va boshqa M. oʻzbek kinosi rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Ota ("Alvido, gʻoʻr yoshligim"), Qozi ("Maysaraning ishi"), Amir ibn Mansur ("Dax,oning yoshligi"), Rais ("Karaxtlik"), Sayidali ota ("Buyuk Amir Temur") va boshqa rollari mashhur. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz