Muhammadjon Qosimov




Muhammadjon Qosimov (tojikcha: Муҳаммадҷон Қосимов; 1907-yil 9-may, Rishton, Rossiya imperiyasi — 1971-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston SSR) — sovet va tojik teatri hamda kino aktyori, teatr rejissyori, SSSR xalq artisti (1941), KPSS aʼzosi (1948).

Tarjimayi holi



Muhammadjon Qosimov 1907-yil 9-may kuni Rishton qishlogʻi (hozirgi Fargʻona viloyatidagi Rishton shahri) xattot oilasida tavallud topgan. Millati tojik. 8 yoshidanoq Qurʼonni yod olgan. 9 yoshida otasi vafot etadi va onasi Qosimovni etikdoʻzga shogirdlikka berishga majbur boʻladi. Soʻngra onasi oʻgʻlini savodli boʻlishi uchun uni eski usulda oʻqitadigan maktabga beradi. Maktabdagi taʼlimi tufayli Hofiz Sheroziy, Saʼdiy, Bedilning asarlarini oʻqib chiqqan. Qoʻqon pedagogika texnikumi va Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumida oʻqigan (1928-yilda bitiradi). O‘qishni tugatgach, Rishtonga qaytib, qishloq soveti kotibi, tuman ijroiya qo‘mitasi, tuman iste’molchilar uyushmasida ishlaydi. 1929-yildan boshlab Qosimov havaskorlik spektakllarida qatnashgan. Aktyorlik kasbini tanlashga 20-yillarning o‘rtalarida Rishtonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil etgan sayyor teatr truppasining „Layli va Majnun“ pyesasi katta ta’sir ko‘rsatgan. 1931-yildan Stalinobod shahridagi Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri truppasida to umrining oxirigacha ijodiy faoliyat yuritadi. Qosimov oʻzining birinchi ustozi deb 1930-yillarda Abulqosim Lohutiy nomidagi nomidagi tojik drama teatriga rahbarlik qilgan Homid Mahmudovni bilgan. Aktyorlikdan tashqari, teatr rejissyorligida ham faoliyat yuritgan. 1939-yildan badiiy filmlarni tojik tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. Tojikiston SSR Kinematograflar ittifoqi aʼzosi (1961). Moskvadagi tojik sanʼati birinchi dekadasi ishtirokchisi (1941).

„Taxmos Xodjentskiy“ (tojikcha: Таҳмоси хуҷандӣ, tarjimasi „Xoʻjandlik Tahmos“, S. Saidmurodov bilan hammualliflikda, 1943), „Doroga schastya“ (tojikcha: Роҳи бахт, tarjimasi „Baxt yoʻli“, Jalol Ikromiy bilan hammualliflikda, 1949), „Umnomu namyok, durnomu palka“ (tojikcha: Ба доно — ишора, ба нодон калтак, tarjimasi „Yaxshidan — yaroq, Yomondan — tayoq“, 1965) pyesalari muallifi.

Oilasi



Muhammadjon Qosimovning rafiqasi Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist Musharrafa Orifjonova Qosimova (1918-yil 19-dekabr — 2019-yil 2-aprel), farzandlari Tojikiston xalq artisti Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr — 2010-yil 7-fevral) va Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Xurram Qosimovdir (1951-yil 26-may).

Vafoti



Qosimov 1971-yil 5-iyulda Dushanbeda vafot etgan. Shaharning markaziy qabristoniga dafn etilgan.

Unvon va mukofotlari




Ijodiy faoliyati



Teatrdagi rollari



Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri

Vladmir Mayakovskiy nomidagi rsu drama teatri (Dushanbe)

Spektakllari




Filmografiyasii




Xotira




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz