Muhammadjon Hakimov




Muhammadjon Hakimov  — (1935—2001) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari doktori (1987), professor.

Olim 1935-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan (1958).

Faoliyati



Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1958—1967), Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida ilmiy xodim (1967—1978), H.Sulaymon nomli Qoʻlyozmalar institutida boʻlim mudiri (1978—1998), Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim (1998—2001).

Asarlari



Muhammadjon Hakimovning „Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi“ (1983), "Navoiy „Xamsa“si qoʻlyozmalar katalogi" (1987), „Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar“ (1991), „Sharq manbashunosligi lugʻati“ (2011) kitoblari chop etilgan.

Vafoti



Muhammadjon Hakimov 2001-yilda Toshkentda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz