Muhammadiya ordeni
Oliy Hokimiyat
ordeni hisoblanib, Muhammadiya yoki
Muhammad ordeni deb aytiladi (arab. Vissam al-Muhammadiy ) — Marokash Qirolligining oliy davlat mukofoti boʻlib, hukmdorlar, davlat rahbarlari, qirollik oilasi aʼzolarini taqdirlash uchun moʻljallangan.
Ta'sis etilishi
Bu orden Marokashning birinchi qiroli Muhammad V tomonidan 1955 -yil 16-noyabrda mamlakatning Fransiya qaramligidan ozod bo'lib, o'z mustaqilligi va hokimiyatiga erishganligi munosabati bilan taʼsis etilgan.
Hozirda ordenning qay tartibda berilish nizomi qirollikning mukofot tizimini tartibga soluvchi 1386 yil 1 Ramazon ( 14 -dekabr 1966-yil )dagi 199-66-sonli Qirollik Dahiri (qonuni) bilan belgilanadi.
Darajalar
Orden bezatilish uslubiga ko'ra uch darajaga bo'linadi:
Tavsif
Orden (koʻkrak nishoni) sharqona uslubda ishlangan boʻlib, markazida oltin medalyon va sakkiz qirrali, yashil emalli yulduz joylashgan. Ko'krak nishoni markazida Marokash Qirolligining davlat gerbi joylashgan bo'lib, uning ostida arabcha “Muhamadiyya” yozuvi bor. Ko'krak nishoni 36 ta olmos bilan o'ralgan. Yulduzning yon tomonidagi filigraga yoqut va olmoslar kiritilgan.
Orden zanjiri gullar ko'rinishida bezatilgan o'n to'qqizta oltin bog'dan iborat. Markaziy qismida Marokash Qirolligining rangli emallardan yasalgan davlat gerbi tasvirlangan.
Orden sohiblari (to'liq ro'yxat emas)
Maxsus darajadagi orden sohiblari
1-darajali orden sohiblari
2-darajali orden sohiblari
Manbalar
uz.wikipedia.org