Muhammaddinov Najimaddin




Najimaddin Muhammaddinov (1937.26.8, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq kompozitori. Qoraqalpogʻiston (1974) va Oʻzbekiston (1977)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1971). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—77), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1977— 88), Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri (1986—99), Nukus sanʼat kolleji direktori (1999-yildan). "Birinchi qoraqalpoq simfoni-yasi", birinchi milliy opera ("Ajiniyoz", 1987) va baleti ("Ayjamal", 1997) ni yaratgan. Simfonik va vokalsimfonik, kamer-cholgʻu (fortepiano uchun sonata, variatsiyalar va boshqalar) va ka-mervokal (mas, "Nereste" balladasi) asarlari, "Keng dala", "Quvnoq oʻlkam", "Boʻlmas", "Yeryor aytayin", "Mustaqillik gullari" qoʻshiklari muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz