Muhammadali Abduqunduzov




Muhammadali Abduqunduzov (1952-yil 14-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Yaypan qishlogʻi) – Oʻzbekiston (1997) va Qoraqalpogʻiston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyati teatrida aktyor, 1986-yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1998-yildan "Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Koʻrmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("Toʻmaris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Figʻon"), Choʻlpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqa Shuningdek koʻpgina videofilmlarda oʻynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Choʻlpon ("Kecha va kunduz") va boshqa Ayniqsa uning ijrosidagi ogʻir, vazmin, chuqur oʻyga botgan, oʻtkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi.

Ijodiy faoliyati



Mannona uygʻur (Termiz) musiqiy drama teatridagi sahna asarlari:

Rejissyorlik ishlari:

Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatridagi (Toshkent) sahna asarlari:

Televizion filmlar:

Kinodagi obrazlar:

Dublyaj:

Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanidan ishlangan shu nomdagi 10 qismli videofilmdagi Bobur roli aktyorga katta shuhrat keltirdi.

2005-yildan beri u filmlarda, „Naxotki sen“ va „Fared“ (bosh qahramonning otasi) filmlarida rol oʻynagan, aktyor boy tadbirkor rolini oʻynagan, uni tarixiy obrazlarda koʻrishga odatlangan tomoshabinlarga bu qiziq tuyuyldi. Ammo tomoshabinlar bu rollarni ijobiy qabul qilishdi.

Mukofotlar va unvonlar




Shaxsiy hayoti



Turmush oʻrtogʻi — 1952-yilda tugʻilgan Abduqunduzova Valentina Nikolayevna, (Shuhrat medali sovrindori). Ularning ikki oʻgʻli bor: Abduqunduzov Jaxongir Muxamadalievich va Abduqunduzov Sardorbek Muxamadalievich

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz