Muhammad Yusuf koʻchasi (Toshkent)




Muhammad Yusuf koʻchasi  — Mirzo Ulugʻbek tumanida. Mirzo Ulugʻbek va Parkent koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,1 km atrofida.

Dastlab Dogʻiston nomi berilgan. 2002-yil 29-iyundan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (1954-2001) nomi bilan yuritiladi.

Yoʻnalishida supermarket, marshrutli taksilar boshbekati, ikki qavatli va shaxsiy turar joy binolari, savdo shoxobchalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida „Buyuk Ipak yoʻli“ metro bekati, „Boʻz“ va „Parkent“ bozorlari, yonilgʻi quyish shoxobchasi mavjud.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz