Muhammad Yunusbiy madrasasi
Husayni madrasasi (Muhammad Yunusbiy madrasasi; Muhammad Yunusbiy inoq madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.
Tarixi
Madrasa 1884—1885-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Turki Jandiy guzarida, oʻzbek hukmdorlari Muzaffarxon (1860–1885) va Abdulahadxon (1885–1910) hukmronliklari davrida, Muhammad Yunusbiy ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan.
Muhammad Yunusbiy Chorjoʻy bekligi hokimi va inoq vazifasida ishlagan.
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2015-yilda tadqiq qilish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash va zamonaviy foydalanish uchun hozirlash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 20 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay, hozirga qadar inshoot taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Buxoro shahridagi Turki Jandiy MFYga qarashli Namozgoh koʻchasida joylashgan.
Meʼmorchiligi
Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan. 14 hujradan tashkil topgan.
Manbalar
Havolalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org