Muhammad Yunus Toib Muhammad Amin o‘g‘li




Muhammad Yunus Toib Muhammad Amin oʻgʻli (?, Toshkent — 1907, Qoʻqon) — shoir va xattot. Yorkend va Qoʻqonda yashagan. Sharq klassiklari asarlarini oʻrgangan. Ularga naziralar bogʻlagan, qasidalariga javob yozgan (mas, Jomiy qasidasiga javob va boshqalar), taʼrix va marsiyalar yaratgan. Ularda oʻz davrining turli ijtimoiy masalalari aks etgan. Fargʻona tarixi haqidagi "Hadoiq ul-anvor" asari (1859) da Qoʻqon xonligining Muhammadalixon hukmronligi davri toʻliq bayon etilgan. 1905-yilda "Tuhfai Toib" asarini yozgan. Muhammad Yunus asarlari qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 6696, 596).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz