Muhammad Yaʼqub Kenja Ibn Ali Mirzo Buxoriy




Muhammad Yaʼqub Buxoriy , Muhammad Yaʼqub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxminan 1771 — 1831) — Buxoro amirligida ijod qilgan oʻzbek tarixchi olim, mangʻitlar sulolasining amaldagi hukmdori Doniyolbiy otaliqning (1758—85) oʻgʻli.

Uning bizgacha "Gulshan ul-muluk" ("Podshoxlar gulshani") nomli tarixiy asari yetib kelgan. Asar 1825—31 yillarda yozilgan boʻlib, oʻz mazmuni hamda yozilish uslubi bilan 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida yaratilgan tarixiy asarlardan farqqiladi. Asarning 1chi qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning xukmdorlari shajarasi bayon qilingan, ikkinchi qismi esa muallif yashagan davr tarixiga bagʻishlangan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz