Muhammad Xurosoniy




Muhammad Xurosoniy – “Naso­yim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf namoyandasi, Alisher Navoiyning zamondoshi. Ichkilikbozlik va bezorilikdan tavba qilib, Muhammad Tabodgoniy tarbiyatida chilla oʻtirib, koʻp riyozat chekkan. Tavakkul qadami bilan haj safariga borib kelgan. Hajdan qaytganidan keyin uzlat tutib, Pay rabotida ibodatga mashgʻul boʻlgan. Piri qabri yonida dafn etilgan. “Nasoyim ul-muhab­bat”ga ushbu darvesh bilan bogʻliq fasl Na­voiy tomonidan qoʻshilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz