Muhammad Voris
Muhammad Voris (17-asr) - tarixchi va adib. Avrangzeb davrida yashagan. M. V. "Shoh Jahonnoma" ("ShohJahon davri tarixi") va "Zubdat ul-hikoyot" ("Hikoyalar sarasi") nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. "Zubdat ul-hikoyot" bir necha tarixiy asarlar ("Tarixi Tabariy", Muhammad Avfiyning "Lubob ul-albob", "Boburnoma", Abulfazl Allomiyning "Tarixi Akbarshohiy" va boshqalar) asosida yozilgan boʻlib, undagi hikoyalarning koʻpchiligi Avrangzebga bagʻishlangan. "Zubdat ulhikoyot"ni Ogahiy oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bu asar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org